Telegramda yozish
Islombek, MONTRAX asoschisiIslombek · dasturchi · NamanganYangi loyihalarga ochiqman

Excel'dantizimga.

Men Islombek. Kompaniyalarga sayt, ilova, hisob tizimi va Telegram bot qilaman. Dizaynini ham, kodini ham o'zim qilaman, siz faqat bitta odam bilan gaplashasiz.

01 Oldin: Excel02 Keyin: tizim

loyiha qilganman
25
tasi ochiq, kirib ko'rsangiz bo'ladi
3
ichida odatda javob yozaman
2soat

Kimlar bilan ishlaganman

  • BayLog Cargo
  • Bayoma

Ishlab turgan saytlar

Tanlangan ishlar

Eng katta ishlarim

Ikkitasi kompaniyalarda har kuni ishlatiladi, bittasini tanlov uchun qildim. Ichiga kirsangiz, muammo nima bo'lganini va uni qanday hal qilganimni ko'rasiz.

  • 01 / 03·BayLog Cargo, Namangan · 2026

    BayLog Cargo

    Yuk tashish kompaniyasi uchun sayt, CRM va Telegram botlar. Hammasi bir-biriga ulangan, xodimlar har kuni ishlatadi.

    →
    13
    bosqichli yuk doskasi
    4
    tilda CRM
    5
    xodim roli
  • 02 / 03·Bayoma, maishiy texnika zavodi · 2026

    Bayoma

    Maishiy texnika zavodi uchun sayt, ombor tizimi va xodimlar boti.

    →
    3
    tilda sayt
    21
    ombor moduli
    12
    Excel hisobot
  • 03 / 03·O'zbekiston futbolchilari uyushmasi (konkurs) · 2026

    Futbolchilar uyushmasi

    Konkurs uchun qilgan maketim. Futbolchi murojaat yuboradi va uning holatini kuzatib boradi.

    →
    18
    sahifa
    4
    til
    2
    ish rejimi
  • 25 ta loyihaHamma ishlar

Saytlar va ilovalar

Sayt va ilovalar ham qilaman

Kompaniya saytlari, o'yinlar va kundalik ilovalar. Hammasi ishlar sahifasida.

Islombek, MONTRAX asoschisi
Islombek, NamanganYangi loyihalarga ochiqman

Men haqimda

18 yoshdaman, Namangandanman. Shu yil yuk tashish kompaniyasi va maishiy texnika zavodi uchun tizim qildim. Ishni boshidan oxirigacha o'zim olib boraman.

Ish qanday boradi

Gaplashamiz → Chizaman → Ishga tushiraman

  1. Gaplashamiz

    Ishingiz qanday ketishini aytib berasiz, men savol beraman. Keyin nima kerakligini birga aniqlaymiz.

  2. Chizaman

    Avval ekranlarni Figma'da ko'rsataman. Yoqsa davom etamiz, yoqmasa o'zgartiramiz.

  3. Ishga tushiraman

    Tizimni ishga tushirib, xodimlaringizga o'rgataman. Birinchi ikki hafta tuzatishlar bepul.

Xizmatlar

Nima qilib beraman

  • Savdo, ombor, qarz va xodimlar bir joyda. Excel va daftar kerak bo'lmaydi, kim nima qilgani doim ko'rinib turadi.

    4 000 000 so'mdan

  • Kompaniya sayti yoki bitta xizmat uchun landing. Telefonda qulay, tez ochiladi, Google'da topiladi.

    1 000 000 so'mdan

  • Brauzerda ham, telefonda ham ishlaydigan ilova: ta'lim o'yini, buyurtma ilovasi yoki ichki vosita. Real vaqtda ishlaydigan va bir necha tilli ilovalar qilganman.

    6 000 000 so'mdan

  • Buyurtma oladi, yukni kuzatadi, xodimlar davomatini yozadi. Siz hisobotni Telegramda ko'rasiz.

    600 000 so'mdan

  • Mijozlarga o'zi javob beradigan chatbot va takrorlanadigan ishlarni avtomatlashtirish.

Yana: internet do'kon, kichik avtomatlashtirish va kontent reja. Hamma narxlar xizmatlar sahifasida.

Kafolatlar

Ishonch uchun oddiy qoidalar

  • 50/50 to'lov

    Yarmini boshida, yarmini tayyor tizimni ko'rib to'laysiz.

  • 2 hafta bepul tuzatish

    Topshirgandan keyin 2 hafta ichida chiqqan xatolarni bepul tuzataman. Yangi funksiya kerak bo'lsa, alohida kelishamiz.

  • Muddat oldindan aytiladi

    Kechikish bo'lsa, oxirgi kunda emas, oldindan bilasiz.

  • Kod sizniki

    Sizga maxsus qilingan tizimning manba kodi va barcha kirish ma'lumotlari sizga topshiriladi.

Aloqa

Loyihangiz bormi? Yozing.

Nima kerakligini ikki-uch gap bilan yozing. Odatda ikki soatda javob beraman va taxminiy narxni aytaman.

Yoki bittasini bosing, Telegram tayyor xabar bilan ochiladi

Namangan · GMT+5 · o'zbek, rus va ingliz tillarida