Salom, men Islombek

Namanganlik 18 yoshli dasturchi va grafik dizaynerman. MONTRAX — mening brendim. Jamoam yo'q, yakka ishlayman — lekin aynan shu kuchli tomonim: dizayn ham, kod ham bitta qo'ldan chiqadi.

Ko'pchilik yo chizadi, yo kod yozadi. Men ikkalasini qilaman — va bu mijozga vaqt ham, pul ham tejaydi: dizayner bilan dasturchi bir-birini tushunmay o'tiradigan bosqich yo'q, g'oya to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan mahsulotga aylanadi.

Shu yilning o'zida 4 ta tizimni ishga tushirdim: telefon do'koni uchun Mix Mobile CRM, savdo boshqaruvi uchun Montrax Savdo, kino qidirish uchun KinoDam bot. Yonida YouTube kanallar va do'konlar uchun thumbnail, poster, karta dizaynlar qilib turaman.

Islombek — MONTRAX asoschisi

Qanday ishlayman

01

Tinglayman

Avval muammoni tushunaman — texnik yechim keyin. Noto'g'ri savolga chiroyli javob foydasiz.

02

Eskiz → prototip

Qog'oz yoki Figma'da tez eskiz, keyin ishlaydigan prototip. Har bosqichda mijoz ko'rib boradi.

03

Build & deploy

Next.js, TypeScript, Prisma — production darajadagi kod. Deploy, o'rgatish, qo'llab-quvvatlash.

Tools

Next.js 15TypeScriptPrismaTailwind CSSgrammYNextAuthPostgreSQLPhotoshopFigmaComfyUI / FluxGSAPFramer Motion

Buyurtmalarga ochiq — 2026

G'oyang bormi gaplashamiz?

Telegram'da yoz — odatda bir-ikki soat ichida javob qaytaraman. Loyiha bo'ladimi, oddiy savolmi — bemalol yozaver.

Odatda ~2 soat ichida javobGMT+5, NamanganUzbek · English · Русский