← Barcha ishlar
KinoDam Bot
Klient
KinoDam — kino kanal
Yil
2026
Rol
Bot arxitekturasi + development
Tools
grammY, TypeScript, Node.js, Telegram Bot API
Muammo
Kino kanallari auditoriyani ushlab turish uchun kontentni tez yetkazishi kerak. Klassik usul — har film uchun kanalda post qidirish — foydalanuvchi uchun sekin, admin uchun tartibsiz. Kerak edi: foydalanuvchi kod yozadi, bot filmni darhol beradi, kanalga obuna bo'lganlargagina.
Yechim
grammY framework asosida qurilgan bot:
- Kod bo'yicha qidiruv — foydalanuvchi raqam yuboradi, bot filmni topib beradi
- Obuna tekshiruvi — kanalga obuna bo'lmagan foydalanuvchiga avval obuna taklifi
- Admin panel — yangi film qo'shish, kod biriktirish, statistika — hammasi bot ichida, alohida sayt kerak emas
- Xatolikka chidamlilik — noto'g'ri kod, o'chirilgan kontent, bloklangan foydalanuvchi — har holat uchun aniq javob
Texnik qarorlar
- grammY + TypeScript — bot logikasi tipli, sessiya boshqaruvi toza
- Middleware zanjiri — obuna tekshiruvi bitta middleware, har handler'da takrorlanmaydi
- Kontent ID map — fayllar Telegram serverida, bot faqat file_id saqlaydi — hosting xarajati nol
Natija
Bot 2026-yil aprelda ishga tushdi — mening birinchi production loyiham. Kanal auditoriyasi uchun kino olish endi ikki qadam: kodni yoz, filmni ol. Obuna tekshiruvi kanal o'sishiga to'g'ridan-to'g'ri ishlaydi.
Keyingi loyiha
Montrax Savdo →