Montrax Savdo
Barcha ishlar

Montrax Savdo

Klient
Ichki mahsulot (MONTRAX)
Yil
2026
Rol
Dizayn + full-stack development
Tools
Next.js 15, TypeScript, Prisma, Tailwind CSS, PostgreSQL

Muammo

Kichik savdo nuqtalari O'zbekistonda hali ham daftarda yoki Excel'da hisob yuritadi. Mahsulot qoldig'i noaniq, mijoz qarzlari unutiladi, oylik hisobot yig'ish — bir kunlik ish. Tayyor CRM'lar esa yo juda qimmat, yo mahalliy savdo odatlariga (qarz daftari, naqd aralash to'lov) mos kelmaydi.

Yechim

Montrax Savdo — mahalliy savdo uchun noldan qurilgan tizim. Katta CRM'lardagi keraksiz funksiyalar yo'q, o'rniga sotuvchi har kuni ishlatadigan narsalar tez va sodda qilingan:

  • Mahsulot katalogi — qoldiq nazorati va kam qolganda ogohlantirish
  • Savdo oynasi — bir necha bosishda sotish, aralash to'lov (naqd + qarz)
  • Mijoz qarz daftari — kim qancha, qachondan beri, tarixi bilan
  • Hisobotlar — kunlik/oylik savdo, Excel export
  • Soft-delete — xato o'chirilgan yozuvni tiklash mumkin

Dizayn qarorlari

Bu loyihada dizayner va developer bitta odam bo'lgani sezildi: interfeys "chiroyli admin template" emas, real sotuvchining ish tezligiga chizilgan.

  • Katta tugmalar, katta raqamlar — do'konda shoshib ishlatiladi, nozik UI mos emas
  • Dark theme — kechqurungacha ochiq turadigan ekran ko'zni charchatmasligi kerak
  • Bir ekran — bir vazifa — sotuvchi hech qachon "qayerdaman?" deb o'ylamaydi

Natija

Tizim 2026-yil iyulda production'ga chiqdi va real savdoda ishlatilmoqda. Qarz nazorati daftardan tizimga ko'chdi — endi bir qidiruvda mijozning butun tarixi chiqadi.

Keyingi loyiha

Mix Mobile CRM