← Barcha ishlar
Mix Mobile CRM
Klient
Mix Mobile — telefon do'koni
Yil
2026
Rol
Dizayn + full-stack development
Tools
Next.js 15, TypeScript, Prisma, NextAuth, Tailwind CSS
Muammo
Mix Mobile — telefon savdosi bilan shug'ullanadigan do'kon. Telefon savdosining o'z og'riqlari bor: har aparat unikal (IMEI, holati, kelish narxi), mijozlar ko'pincha bo'lib to'laydi, almashtirish va qaytarish tez-tez uchraydi. Umumiy maqsadli CRM'lar bu oqimni bilmaydi.
Yechim
Telefon savdosi logikasi ostida qurilgan maxsus CRM:
- Inventar — har telefon alohida birlik sifatida: modeli, holati, tan narxi, sotuv narxi
- Savdo va bo'lib to'lash — mijoz balansi va qarz nazorati avtomatik
- Qaytarish/almashtirish oqimi — eski savdo yopiladi, yangisi bog'lanadi, balans o'zi hisoblanadi
- PDF chek — har savdoga bir bosishda
- Telegram xabarnoma — muhim amaliyotlar (katta savdo, qarz to'lovi) egasiga darhol boradi
- Excel export va pagination — katta ro'yxatlarda ham tez ishlaydi
Dizayn qarorlari
- Jadval emas, karta — telefon ro'yxati rasmli kartalarda: sotuvchi aparatni ko'z bilan taniydi, IMEI'ni yodlab yurmaydi
- Status ranglari — sotuvda / sotildi / qaytarildi bir qarashda ajraladi
- Hisob-kitob ko'rinmas joyda — balans, foyda, qarz — hammasi avtomatik, sotuvchi kalkulyator ochmaydi
Natija
CRM 2026-yil iyunda ishga tushdi. Baza va dizayn ikki bosqichda topshirildi (20-iyun tizim, 25-iyun interfeys yakuni). Do'konning kunlik hisobi endi tizimda — kim nima oldi, qancha qarz qoldi, qaysi aparat qancha foyda berdi.
Keyingi loyiha
KinoDam Bot →